Navbatdagi loyihamiz bilan ancha vaqtlardan beri ishlab kelmoqdamiz va sifatli xizmatimizni bir misoli desak bo'ladi. Bu loyihamizni turli xil tomonlama rivojlantirib kelayotgan bo'lsak, birinchi, marta ish boshlagan kunimiz esga keladi. Negaki, biz ish boshlaganimizda bemorlar oqimi anchagina susayib qolgan edi. Lekin bizdan talab nafaqat klinikada bemorlar oqimini oshirish, balki kundalik ish jarayonlar yoritib borish va oldingi marketing jamoalarning ishidan farqli o'laroq, zamonaviy sharoitlarimizni bizdagi texnikalar va bizdagi malakali vrachlarning ishlarni to'g'ri auditoriyaga, to'g'ri yondashuv orqali yoritib berish vazifasi yuklatildi. Biz birinchi bo'lib, ishni tahlil qilishdan va klinikadagi sharoitlarni o'zimiz uchun avval mijoz ko'zidan ko'rganda nimalaprni xohlaydi va qanday qo'ruvlarini o'rganishni boshladik. To'liq bir vlog formatida direktor o'zlari bilan shaxsan podcast oldik va bundan maqsad nafaqat qilingan oldingi yutuqlar natijalarni ta'kidlab o'tish, balki yangi strategik yondashuv orqali Samarqand bozorini tahlil qilib turgan holatda, klinikalarda bemorlar faqat qisqa yo'nalishdagi video roliklar bilan ishonch uyg'otish qiyinligini aniqladik. bir soat yoki undan uzunroq formatdagi videoni eng kerakli sharoitlar va eng kerakli mutaxasislar haqidagi podcastlarimizni ko'rish orqali o'zlaridagi savollarga yechim topib, GammaMed klinikasini tanlashlari mumkin ekanligini bildirdik. Kerak bo'lsa, boshqa viloyatlardan turib murojaatlar bo'ldi va bu oqim orqali biz o'z xizmatlarimizdan tashqari taklif kritdik. Oddiy trend yoki prasmotr oshiradigan keraksiz obunachilarni jalb qilmaslik uchun malakali mutaxasislar bilan alohida alohida o'zimizning Union Studiomizda podcast suhbatlar qildik .Barcha sharoitlar ijtimoiy tarmoqlar uchun iqtisoslashitrilgan va Samarqandda birinchi aynan podcast video reelslarga mo'ljallangan joyda profesionall tarzda o'tkazdik. Bu videolardan eng qiziqarli kerakli joylarini instagram parchalar orqali yoritib borib tomoshabinlarni youtube ga chorladik. Ishimiz mobaynida keng qamrovdagi maqsadli obunachilar yig'dik va SAMARQANDDA shunday xususiyatlarga ega, salomatligingizga malakali yechim taklif qila oladigan markazni ijtimoiy tarmoqlarda tanitdik. Bayramlarda va kerakli tadbirlarda maxsus yondashuvdagi ekskuluziv yechimlar va har bir vrachlarning operatsiya jarayonlari va bemorlarning bu operatsiyalardan keyingi fikrlarini doimiy tarzda sifatli qilib namoyish qilib bordik.
Xulosa o'rnida mijozlarimizga doimiy va aniq strategik yondashuvda to'g'ri va davomli ish olib borilsa, albatta natija bo'lishini isbotladik!